Har bir mavsum ekishdan emas, tushunishdan boshlanadi.
17/06/2025

Nima uchun paxta yetishtiramiz? Kimga kerak? Va nima uchun xalqaro standartlar bo‘yicha ishlash muhim?
Buxoroda Better Cotton dasturining yangi mavsumiga bag‘ishlangan vorkshop boshlandi.
Global Textile jamoasi ushbu uchrashuvda ishtirok etmoqda. Chunki biz paxtachilikni O‘zbekistonda yanada barqaror, zamonaviy va xalqaro bozorlar uchun ishonchli qilish yo‘lida harakatdamiz.
Uchrashuvda yangi mavsum rejalari muhokama qilindi, xalqaro auditga tayyorgarlik ko‘rildi, tuproqdan tortib mehnat sharoitlarigacha — har bir bosqichni yaxshilash yo‘llari ekspertlar bilan birga ko‘rib chiqildi.
Biz bu jarayonda borligimiz — bu bizning ishonchimizdan dalolat: O‘zbek paxtasi kelajagi aynan mana shunday qadamlardan boshlanadi.