
Siz har kuni kiyadigan futbolka bilan La-Mansh boʻgʻozidagi kichik orol oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor?
Gap shundaki, «jersi» trikotajining nomi Fransiya sohillari yaqinida joylashgan Jersi orolidan kelib chiqqan.
XVI asrdayoq orol aholisi jundan turli mahsulotlar toʻqib, ularni boshqa mamlakatlarga sotgan. Ayniqsa, jun paypoqlar mashhur boʻlgan. Keyinchalik baliqchilar kiyadigan qalin jun sviterlar ham keng tarqalgan. Vaqt oʻtishi bilan orol nomi trikotaj polotnosining bir turi nomiga aylangan.
Bugungi kunda jersi turli tolalardan, jumladan, paxta, jun, viskoza va sintetik tolalardan ishlab chiqariladi. Yumshoqligi va choʻziluvchanligi tufayli undan futbolkalar, koʻylaklar, bolalar kiyimlari va boshqa kundalik kiyimlar tikiladi.
Global Textile ham Oʻzbekistonda paxtali jersi trikotajini ishlab chiqaradi. Bu turdagi polotno zamonaviy kiyim-kechak sanoatida, ayniqsa, futbolkalar ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi.