Izlash

Nega daraxtlar qishda oqlanadi?

10/12/2025

Nega daraxtlar qishda oqlanadi?

Sababi oddiy: qishda oqlash daraxtni eng ko‘p himoya qiladigan davr. Kunduzgi quyosh po‘stloqni isitsa, kechasi keskin sovib ketadi — natijada daraxtda yoriqlar paydo bo‘ladi va u butun mavsum davomida zaiflashadi. Oq qatlam esa quyosh nurlarini qaytarib, po‘stloqni bunday keskin o‘zgarishlardan asraydi. Shuningdek, u hasharotlarning qishda po‘stloq orasida yashirinib qolishiga yo‘l bermaydi va qo‘ziqorin kasalliklari xavfini kamaytiradi. Bu ayniqsa yosh daraxtlar uchun juda muhim.

“Dala madaniyati” loyihasi doirasida Global Textile jamoasi korxonalarimiz joylashgan hududlarda daraxtlarni qishda oqlash ishlarini olib bormoqda. Bu bizning korporativ madaniyatimizning bir qismi bo‘lib, yashayotgan va ishlayotgan muhitimizni asrashga bo‘lgan yondashuvni aks ettiradi.

Bunday mavsumiy parvarish daraxtlarga qishni yengilroq o‘tishga yordam beradi va kelgusi mavsumda ularning sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi. Biz uchun korxonalar atrofidagi hududlar tartibli, yashil va barqaror bo‘lishi muhim, va ushbu tashabbuslar aynan shunga xizmat qiladi.