Izlash

Onalarimizga rahmat!

Farg‘ona viloyatida ajoyib bayram bor – har yili hudud rahbariyati tashabbusi bilan “Onalarga ehtirom” festivali o‘tkaziladi va unda onalarni tantanali ravishda qutlashadi hamda mehr ila ehtirom ko‘rsatiladi.

Joriy yilda uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan festivalda Xovaxon Madaminovaga – Global Textile rahbarlarining onalariga "Eng yahshi mahalliy investor onasi" nominatsiyasi bo'yicha mukofot topshirildi. Biz  Xovaxon Uchkunovnani ushbu mukofot bilan chin dildan tabriklab, shunday atoqli farzandlarni, Vatanimizning munosib ug‘lonlarini tarbiyalaganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Ona bu har birimiz uchun eng aziz va yaqin insondir. Ular bizga o‘z manfaatini ko‘zlamay sevgilarini izhor qilib, o‘z hayotini bolalariga va yaqinlariga bag‘ishlaydi. Bizning yutuqlarimizdan quvonib, bizning maqsad va intilishlarimizni qo‘llab-quvvatlaydi.

“Jannat onalar oyog‘i ostida” deb bejizga aytilmagan. Ularni yaxshi ko‘ring, ardoqlang, hurmat qiling. Chunki ularni yuzlarida tabassum ko‘rish har birimiz uchun eng katta motivatsiya bo‘lib, yanada yangi marralarni zabt etishga ruhlantiradi.

Onalarimizga rahmat!