Izlash

O‘zbekiston global iqtisodiyotning ishtirokchisi

11/11/2025

O‘zbekiston global iqtisodiyotning ishtirokchisi

O‘zbekiston Prezidentining AQSHga rasmiy tashrifi chog‘ida Jekson–Vanik tuzatmasini O‘zbekistonga nisbatan bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu qadam ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifani ochdi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga bildirilgan ishonchni tasdiqladi.

O‘zbekiston biznesi uchun bu — mamlakatimiz ishonchli hamkor va barqaror savdo qoidalariga ega davlat sifatida tan olinayotganining muhim belgisi. Cheklovlarning bekor qilinishi mahalliy kompaniyalarning xalqaro bozorlardagi mavqeini mustahkamlaydi hamda eksport va investitsiyalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Bu yangilik Global Textile uchun ham alohida ahamiyatga ega. Kompaniya o‘z faoliyatini shaffoflik, mas’uliyatli ishlab chiqarish va xalqaro standartlarga rioya etish tamoyillari asosida olib boradi. Amerikalik va boshqa xorijiy hamkorlar bilan yangi hamkorlik yo‘llarining ochilishi O‘zbekistonning zamonaviy to‘qimachilik markazi sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.

Jekson–Vanik tuzatmasining bekor qilinishi yangi haqiqatni tasdiqlaydi: O‘zbekiston ishonchli va mas’uliyatli ishlab chiqaruvchi sifatida global iqtisodiyotning to‘laqonli ishtirokchisiga aylanmoqda.