Izlash

Qishda yerlarni sug‘orish

20/01/2026

Qishda yerlarni sug‘orish

Global Textile - bu 70 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqaradigan paxta-to‘qimachilik klasteridir. Bu yerlarda biz uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xomashyo paxta, shuningdek boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladi. Yer bilan ishlashni biz uzoq muddatli resurs sifatida yo‘lga qo‘yganmiz.

Qish tuproq tinIsh rejimiga o‘tadigan, tabiiy jarayonlar sekinlashadigan davr. Tashqi tomondan qaraganda, bu vaqtda dalalardagi ishlar ham to‘xtagandek tuyulishi mumkin. Ammo Global Textile uchun mavsum oralig‘i - bu muhim tayyorgarlik bosqichidir.

Bu davrda biz tuproq bilan ishlashga, uning holatini baholash va tiklashga e’tibor qaratamiz. Shu bilan birga agronomlar uchun o‘quv dasturlari o‘tkaziladi, o‘tgan mavsum natijalari tahlil qilinadi, texnika va uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatilib, ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Tuproqning namlik bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor beriladi. Biz barcha yer maydonlari uchun yagona yondashuvdan foydalanmaymiz. Har bir qaror tuproq turi, uning xususiyatlari, ob-havo sharoiti va o‘simliklarning real ehtiyojidan kelib chiqib, puxta va differensial tarzda qabul qilinadi. Suv faqat zarur bo‘lgan joyda va zarur bo‘lgan paytda beriladi.

Biz uchun barqaror natija bahordan ancha oldin, atrof-muhit go‘yoki “uyquda” bo‘lib turgan paytda ham mayda tafsilotlarga e’tibor berishdan boshlanadi.

Sizningcha, yerga eng ko‘p qaysi faslda g‘amxo‘rlik zarur?