Talaba bezgakka dori izlab, yangi rangni kashf etdi

Muvaffaqiyatsiz tajriba jahon modasini oʻzgartirishi mumkinmi? 1856-yilda aynan shunday voqea yuz bergan. Eng qizigʻi, Yevropada binafsharangning urfga kirishiga sababchi boʻlgan yigitning toʻqimachilik bilan shugʻullanish niyati umuman yoʻq edi.

18 yoshli Uilyam Genri Perkin bezgakni davolash uchun ishlatiladigan xininni sintez qilishga urinayotgan edi. Dori yaratishning uddasidan chiqa olmadi, ammo tajriba davomida ipakni chiroyli binafsharangga boʻyaydigan moddani tasodifan kashf etdi.

Shu tariqa movein paydo boʻldi. U tijorat jihatidan muvaffaqiyat qozongan ilk sintetik boʻyoq edi. Oradan ikki yil oʻtib, yangi rang allaqachon urfga kirgan, uning muxlislari orasida qirolicha Viktoriya ham bor edi.

Perkinning kashfiyoti sintetik boʻyoqlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga yoʻl ochdi.

Avvalroq biz binafsharang ribana va qadimda faqat ayrim kishilargagina nasib etgan purpur rangi haqida hikoya qilgan edik. Oʻsha davrlarda purpur dengiz mollyuskalaridan olinardi. Vaqt oʻtishi bilan sintetik boʻyoqlar paydo boʻldi va ranglar tanlovi nihoyatda kengaydi.

Bugun har bir rang ortida mutaxassislarning mehnati turibdi. Bizning laboratoriyamizda Global Textile mutaxassislari trikotaj polotnosini boʻyash uchun retsepturalar ishlab chiqadi, sinovlar oʻtkazadi va belgilangan rang tusiga aniq mos keladigan natijaga erishadi.

Rang tasdiqlangan namunaga mos kelishi va har bir ishlab chiqarish partiyasida bir xil chiqishi kerak.

Perkinga bir marta omad kulib boqqan. Bizning mutaxassislarimiz esa har bir partiyada kerakli rang tusini aniq hosil qilishi kerak.