Surxondaryodagi uchrashuv
02/03/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga ishchi tashrif bilan keldi.
Tashrif doirasida viloyat tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda Global Textile bosh direktori Muzaffar Razakov ham ishtirok etdi. Suhbat davomida hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, klaster tizimi asosida erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Global Textile Surxondaryo viloyatida agrar yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda. Muloqot jarayonida klaster tizimining hudud qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi muhim o‘rni alohida qayd etildi. Keyingi bosqich sifatida mahsulotni chuqur qayta ishlashni kengaytirish vazifasi belgilandi.
Bu kompaniyamiz uchun aniq va muhim yo‘nalishdir. Biz qayta ishlashni rivojlantirish, ishlab chiqarish zanjirini yanada mustahkamlash ustida izchil ish olib boramiz. Davlat va biznes o‘rtasidagi samarali hamkorlik hudud taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.