Ustoz-shogird: bu trening emas — bu hammasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan suhbat.
22/04/2025




HR bo‘limimiz: “Ustoz-shogird loyihasini boshladik”, deganida ko‘pchilik faqatgina yelkasini qisib: yana bir odatiy tashabbus, deb o‘yladi.
Lekin bu gal boshqacha.
Gap qog‘ozda chizilgan rejada emas — odamlar orasidagi haqiqiy aloqada.
Ustozlar — bu hozirgi lavozimigacha oson kelmagan, o‘z yo‘lida yiqilib, qayta turgan, “yo‘q”dan “bo‘ladi”ni yaratgan odamlar.
Shogirdlar — bu yangi tajriba izlayotgan, savol berishdan tortinmaydigan, o‘z yo‘lini topmoqchi bo‘lganlar.
Birinchi uchrashuvimiz — rasmiy nutqlar bilan emas, hayotiy savollar bilan boshlandi.
“Siz qanday yo'l tutgansiz?”, “Men bunday qilganman, balki senga ham foydasi tegar?” kabi savol-javoblardan.
Va mana shunda — loyiha boshlanmadi, u allaqachon ishlayatganini tushunib yetdik.
Chunki ba’zida bitta suhbatning o‘zi yo‘ldan adashmaslik uchun yetarli bo‘ladi.