Izlash

Zararkunandalarga qarshi samarali kurash!

20/06/2024

Global Textile agronomlari Maqtaorol viloyatida “Namangan-77” navining vegetatsiya davriga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazishdi. Mazkur tadbirda viloyatning barcha hududlaridan 50 dan ortiq fermerlar, shuningdek, hokimlik matbuot xizmati va mahalliy televideniya vakillari ishtirok etishdi.
Asosiy e'tibor o'simliklarni to'g'ri etishtirish va himoya qilishga qaratildi. Bu yil zararkunandalar odatdagidan bir oy erta paydo bo‘lganida tajribali agronomlarimiz birinchi bo‘lib ularni aniqlab, hudud bo‘ylab tezkor ravishda feromon tutqichlarni tarqatishdi. Fermerlar qimmatli maslahatlar olib, zararkunandalarga qarshi kurashning samarali usullarini muhokama qilishdi.
Bunday tadbirlar o‘zaro tajriba almashish, qishloq xo‘jaligining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun qulay maydon bo‘lmoqda. Mahalliy fermerlar bilan hamkorlikni mustahkamlab, paxta hosildorligi va sifatini oshirishga ko‘maklashyapmiz.